AJ «Delta Mikromoliya Tashkiloti» Ish vaqti: 9:00 - 18:00 | Dsh-Jm Toshkent sh., Uchtepa tumani, Kichik halqa yo'li ko'chasi, 6a Call Center

DELTA Incofin bilan 3 mln AQSH dollarlik kredit shartnomasini imzoladi

“DELTA MIKROMOLIYA TASHKILOTI” AJ Global Gender-Smart Fund (GGSF) jamg‘armasini boshqaruvchi Incofin Investment Management kompaniyasi bilan 3 million AQSH dollari miqdorida kredit shartnomasi imzolaganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

Mazkur shartnomaning imzolanishi DELTA rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, xalqaro moliyaviy hamkorlarning kompaniya faoliyati va uning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga bo‘lgan ishonchini tasdiqlaydi.

Jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar DELTAning kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish, mikro va kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston aholisi uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga yo‘naltiriladi.

Ayol tadbirkorlarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish hamda moliyaviy xizmatlar bilan yetarli darajada qamrab olinmagan aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Incofin bilan hamkorlik DELTAning barqaror o‘sishi va O‘zbekiston mikromoliya bozoridagi mavqeini mustahkamlash uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Biz Incofin jamoasiga bildirilgan ishonch uchun samimiy minnatdorlik izhor etamiz hamda moliyaviy inklyuzivlikni rivojlantirish va yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishga qaratilgan uzoq muddatli, samarali hamkorlikka umid bildiramiz.

Yangiliklar blogi

Kompaniyaning so'nggi yangiliklari

Oldingi slayd Keyingi slayd