AJ «Delta Mikromoliya Tashkiloti» Ish vaqti: 9:00 - 18:00 | Dsh-Jm Toshkent sh., Uchtepa tumani, Kichik halqa yo'li ko'chasi, 6a Call Center

Qo‘qonda DELTA’ning yangi filiali ochildi

Qo‘qonda DELTA’ning yangi filiali ochildi

“Delta Mikromoliya Tashkiloti” AJ Qo‘qon shahrida yangi filial ochilganini ma’lum qiladi.

Filiallar tarmog‘ining kengayishi kompaniya rivojidagi muhim qadam bo‘lib, hududlardagi mijozlar uchun moliyaviy xizmatlar qulayligi va ommabopligini oshirishga xizmat qiladi. Yangi filial shaxsiy maqsadlar, biznesni rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maslahatlar hamda moliyaviy yechimlarni taqdim etadi.

Filial manzili: Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 64B.

Filial jamoasini ochilish bilan tabriklaymiz va ularga samarali faoliyat, barqaror o‘sish, mijozlar ishonchi hamda yuqori natijalar tilaymiz.

DELTA’ning Qo‘qondagi yangi filiali hudud aholisi uchun ishonchli qo‘llab-quvvatlash, professional xizmat va foydali moliyaviy yechimlar maskaniga aylansin.

Yangiliklar blogi

Kompaniyaning so'nggi yangiliklari

Oldingi slayd Keyingi slayd