9-may — Xotira va qadrlash kuni

9-may – Xotira va qadrlash kuni!
Ushbu kunda tinch osmon va yorqin quyosh uchun veteranlarimizga samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
Ularning jasorati, matonati va irodasi sababli bugun biz tinch yashab, xotirjam mehnat qilgan holda kelajagimizni barpo etmoqdamiz. Sizlarning buyuk jasoratingizni yuksak hurmat va minnatdorlik hislari bilan doimo yodimizda saqlaymiz.
Qahramonlarimizga chin qalbdan mustahkam sog‘lik, osoyishtalik hamda yaqinlarining mehr-oqibati og‘ushida o‘tadigan uzoq umr tilaymiz.
Har bir xonadonda fayz-u baraka hukm sursin, yaqinlaringiz doimo yoningizda bo‘lsin, qalbingiz esa ishonch va xotirjamlikka to‘lsin. Barchangizga farovonlik, baxt-saodat va shodlikka to‘la kunlarni tilab qolamiz.