AJ «Delta Mikromoliya Tashkiloti» Ish vaqti: 9:00 - 18:00 | Dsh-Jm Toshkent sh., Uchtepa tumani, Kichik halqa yo'li ko'chasi, 6a Call Center

DELTA’dan biznes uchun yangi kredit

DELTA’dan biznes uchun yangi kredit

Biznesni rivojlantirish ishonchli moliyaviy yordam bilan yanada oson.

DELTA yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi kredit mahsulotini taqdim etadi. U biznesni kengaytirish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish yoki yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezayotgan kompaniyalar uchun mo‘ljallangan.

Asosiy shartlar:
• moliyalashtirish summasi — 1 mlrd so‘mgacha;
• kredit muddati — 36 oygacha;
• imtiyozli davr — 6 oygacha;
• yillik stavka — 32%.

Kredit mablag‘lari kompaniya faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, tovar va uskunalar xarid qilish hamda joriy biznes vazifalarini hal etish uchun yo‘naltirilishi mumkin.

Har bir biznesning rivojlanish yo‘li o‘ziga xos ekanini yaxshi tushunamiz. Shu sababli kompaniyalarga oldinga ishonch bilan harakat qilish va o‘z maqsadlariga erishishga yordam beradigan moliyaviy yechimlarni taklif etamiz.

Batafsil ma’lumotni DELTA ofislarida yoki +998 94 777 66 76 telefoni orqali olishingiz mumkin.

Yangiliklar blogi

Kompaniyaning so'nggi yangiliklari

Oldingi slayd Keyingi slayd