AJ «Delta Mikromoliya Tashkiloti» Ish vaqti: 9:00 - 18:00 | Dsh-Jm Toshkent sh., Uchtepa tumani, Kichik halqa yo'li ko'chasi, 6a Call Center

Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling

Hurmatli mijozlar!

“Delta Mikromoliya Tashkiloti” AJ ogohlantiradi: so‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Ayrim shaxslar Delta Mikromoliya nomidan mijozlarga qo‘ng‘iroq qilib, ularni chalg‘itishi hamda pul mablag‘lari yoki shaxsiy ma’lumotlarni talab qilishi mumkin.

Sizdan ehtiyotkor bo‘lishingizni va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilayotganda diqqatli bo‘lishingizni so‘raymiz.

DELTA’ning muammoli kreditlar bilan ishlash bo‘limi bog‘lanishi mumkin bo‘lgan rasmiy raqamlar:

71 203 06 36
71 203 06 26

Agar sizga DELTA nomidan shubhali qo‘ng‘iroq kelib tushsa, shaxsiy ma’lumotlaringizni bermang va noma’lum shaxslarning iltimosiga ko‘ra to‘lov amalga oshirmang. Ma’lumotni kompaniyaning rasmiy kanallari orqali tekshiring yoki eng yaqin filialga murojaat qiling.

Hushyor bo‘ling va ma’lumotlaringizni asrang.

Yangiliklar blogi

Kompaniyaning so'nggi yangiliklari

Oldingi slayd Keyingi slayd