AJ «Delta Mikromoliya Tashkiloti» Ish vaqti: 9:00 - 18:00 | Dsh-Jm Toshkent sh., Uchtepa tumani, Kichik halqa yo'li ko'chasi, 6a Call Center

Jahon banki O‘zbekistonga 800 mln dollar kredit ajratdi

Jahon banki direktorlar kengashi O’zbekistondagi islohotlarga ko’maklashish uchun 800 million dollarlik imtiyozli kredit paketini tasdiqladi. Ushbu islohotlar mamlakatning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o’tishini tezlashtirishga qaratilgan.

Jahon banki tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan islohotlar dasturi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, qishloq xo’jaligi, temir yo’l va energetika sohalarida samaradorlikni oshirish, davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, ijtimoiy himoyadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ekologik va iqlim xavflariga tayyorlikni oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi.

Ushbu islohotlarni amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar shaklida 800 million dollar ajratiladi. Mablag’larni taqdim etish shartlari xalqaro moliya bozorlariga nisbatan past foiz stavkalari va to’lov muddatlarini oshirishni nazarda tutadi.

Bu O’zbekistonga dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan muhim moliyaviy resurslarni tejashga imkon beradi.

1. Ijtimoiy himoya: fuqarolarning ayrim toifalari uchun ishsizlik, kasallik va onalikni qo’llab-quvvatlash dasturlari qamrovini kengaytirish.

2. Gender zo’ravonligiga qarshi kurash: maishiy va jinsiy zo’ravonlik qurbonlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.

3. Fermerlarning huquqlarini himoya qilish: fermerlarning qishloq xo’jaligi erlariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini huquqiy himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, bu esa fermerlikning yanada samarali usullariga sarmoya kiritish uchun rag’bat yaratadi.

4. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash: investorlarning huquqlarini himoya qilishni va ular uchun xizmatlar sifatini oshirishni kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish, bu esa ko’proq investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi.

5. Davlat moliyasi: byudjetdan foydalanishning shaffofligini oshirish uchun fiskal xatarlar to’g’risida hisobot berish mexanizmlarini joriy etish va davlat xaridlarini boshqarishni takomillashtirish.

6. Iqlim o’zgarishi: energiya sarflaydigan sohalarda chiqindilarni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirishga yordam beradigan qonunlarni ishlab chiqish.

7. Suv resurslarini boshqarish: suv resurslaridan samarali foydalanish uchun institutsional va huquqiy bazani mustahkamlash va transchegaraviy suvlarni boshqarishni takomillashtirish.

8. Atrof-muhitni baholash: iqtisodiyotga iqlim va ekologik ta’sirlarni baholash salohiyatini kuchaytirish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishni yaxshilash.

9. Barqarorlikka investitsiyalar: yashil iqtisodiyotga o’tishni tezlashtirish uchun yashil loyihalarga davlat investitsiyalarini ko’paytirish.

10. Temir yo’l sektori: xususiy investitsiyalarni jalb qilish va temir yo’l sanoati samaradorligini oshirish uchun huquqiy bazani takomillashtirish.

11. Energetika sektori: sektorning samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energetikaga xususiy investitsiyalarni rag’batlantirish uchun tariflarni isloh qilish, aholining zaif qatlamlarini energiya narxining ko’tarilishidan himoya qilish.

Manba: UzDaily.uz

Yangiliklar blogi

Kompaniyaning so'nggi yangiliklari

Oldingi slayd Keyingi slayd