AJ «Delta Mikromoliya Tashkiloti» Ish vaqti: 9:00 - 18:00 | Dsh-Jm Toshkent sh., Uchtepa tumani, Kichik halqa yo'li ko'chasi, 6a Call Center

DELTA mijozlarni himoya qilish bo‘yicha MFR sertifikatini oldi

“Delta Mikromoliya Tashkiloti” AJ MicroFinanza Rating (MFR) xalqaro reyting agentligi tomonidan Mijozlarni himoya qilish bo‘yicha Silver darajadagi sertifikatga ega bo‘ldi.

Mazkur sertifikat “Delta MMT” AJning mijozlarni himoya qilish va mas’uliyatli moliyalashtirish sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi. Bu kompaniyaning shaffoflikni ta’minlash, mijozlarga adolatli munosabatda bo‘lish va samarali risklarni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha tizimli yondashuvini aks ettiradi.

“Silver” darajasi tashkilot nafaqat asosiy mijozlarni himoya qilish tamoyillariga rioya qilishini, balki xizmatlar sifatini oshirish va mijozlarning moliyaviy farovonligini yaxshilashga qaratilgan ilg‘or amaliyotlarni rivojlantirayotganini ko‘rsatadi.

Ushbu sertifikatni qo‘lga kiritish”Delta MMT” AJ rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, kompaniyaning korporativ boshqaruv, barqaror rivojlanish va mijozlarga yo‘naltirilganlik tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi.

“Delta MMT” AJ o‘z faoliyatini yanada takomillashtirib, ishonchli moliyaviy hamkor sifatida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etadi hamda shaffof, mas’uliyatli va yuqori sifatli moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi.

Yangiliklar blogi

Kompaniyaning so'nggi yangiliklari

Oldingi slayd Keyingi slayd