DELTАGА “SАDOQАT VА SODIQLIK” LOYIXАSI
BIRINChI BOSQIChda mavjud mijozlar quyidagi Statuslar boʼyicha ajratiladi
“BRONZА” – barcha mijozlar;
“KUMUSH” – 5 000 bal yigʼganlar;
“OLTIN” – 15 000 bal yigʼganlar;
“PLАTINА” – 30 000 bal yigʼganlar;
“VIP” – 50 000 baldan ortiq yigʼganlar.
BАLLАRNI HISOBLАSh VА YIGʼISh USULLАRI
Birinchisi usul – Mijoz tomonidan kredit toʼliq yopilgan kuni, mazkur kredit boʼyicha toʼlangan barcha foiz toʼlovlar yigʼindisi hisoblanib, hisoblangan foizlarning xar 1 000 soʼmiga 1 bal beriladi yoki hisoblangan foizlar 1 000 ga boʼlinadi.
⠀
Masalan:
10 000 000 soʼm kredit 12 oyga 72%dan berildi.
Bunda mijozning bir yil davomida toʼlagan foizi 4 200 000 soʼmni tashkil etadi.
4 200 000 / 1000 = 4 200. Demak mazkur mijozga biz 4 200 bal beramiz
⠀
Ikkinchi usul – mijoz mikromoliya tashkilotiga yangi mijoz jalb qilganida.
Mikromoliya tashkilotining barcha mijozlari tomonidan (“VIP” va “PLАTINА” statusiga ega mijozlardan tashqari) tashkilotga xar bir yangi jalb qilingan mijoz uchun 1 000 bal beriladi.
“VIP” va “PLАTINА” statusiga ega mijozlar tomonidan tashkilotga xar bir yangi jalb qilingan mijoz uchun 2 000 bal beriladi.
HISOBLАNGАN VА YIGʼILGАN BАLLАRNI MIJOZ QАNDАY IShLАTIShI MUMKIN
⠀
Birinchisi usul – Status xarid qilish uchun.
Status xarid qilish quyidagi usulda amalga oshiriladi:
⠀
| “BRONZA” | statusidagi mijozlar “KUMUSh” statusini 5 000 balga xarid qilishlari mumkin. Masalan: mijoz maʼlum davr mobaynida 6 000 bal yigʼgan boʼlsa, yigʼilgan jami ballarining 5 000 baliga “KUMUSh” statusini xarid qilishi mumkin. Yangi status xarid qilgandan soʼng mijozning jami yigʼgan ballari 5 000 balga kamayadi va qoldiq – 1 000 balni tashkil etadi. |
“KUMUSH” | statusidagi mijozlar “OLTIN” statusini 10 000 balga xarid qilishlari mumkin. Yuqoridagi misoldan kelib chiqqan xolda: “BRONZА”statusiga ega mijoz “KUMUSh” statusini xarid qilgandan soʼng uning balansida 1 000 bal qoldi. Mijoz “OLTIN” statusini xarid qilishi uchun yana 9 000 bal jamlashi kerak. Yaʼni mazkur mijoz 10 000 balni yigʼib “OLTIN” statusini xarid qilganidan soʼng uning jami ballari 10 000 balga kamayadi va yigʼilgan ballar qoldigʼi – 0 balga teng boʼladi. |
| “OLTIN” | statusidagi mijozlar “PLАTINА” statusini 15 000 balga xarid qilishlari mumkin. |
| “PLАTINА” | statusidagi mijozlar “VIP” statusini 20 000 balga xarid qilishlari mumkin |
⠀
Mijozlarga maʼlum statusga ega boʼlib bir pogʼona keyingi statusni xarid qilishlari taqiqlanadi. Yaʼni: “KUMUSh” statusiga ega mijoz “OLTIN” statusini xarid qilmasdan turib “PLАTINА” statusini xarid qila olmaydi.
Ikkinchi usul –
Mijoz tomonidan yigʼilgan xar 5 000 balga mijoz yangi olayotgan krediti boʼyicha belgilangan foiz stavkadan yillik 1% chegirma olishi mumkin.
Masalan: 8 000 balga ega boʼlgan “OLTIN” statusiga ega mijoz:
- 5 000 bal xarajat qilib yangi olayotgan krediti uchun amaldagi foiz stavkadan yillik 1% miqdorida chegirma olishi mumkin, yoki;
- qoʼshimcha 7 000 bal yigʼib “PLАTINА” statusini xarid qilishi mumkin.
STАTUS EGАLАRIGА BERILАDIGАN IMTIYOZLАR
⠀
| BRONZA | Standart shartlar boʼyicha |
KUMUSH | Mikromoliya tashkilotining barcha kredit maxsulotlari shartlari boʼyicha* belgilangan foiz stavkalariga yillik 1 (bir) foiz miqdorida chegirma beriladi |
| OLTIN | Mikromoliya tashkilotining barcha kredit maxsulotlari shartlari boʼyicha* belgilangan foiz stavkalariga yillik 2 (ikki) foiz miqdorida chegirma beriladi |
| PLATINA | Mikromoliya tashkilotining barcha kredit maxsulotlari shartlari boʼyicha* belgilangan foiz stavkalariga yillik 2 (ikki) foiz miqdorida chegirma beriladi |
| VIP | Mikromoliya tashkilotining barcha kredit maxsulotlari shartlari boʼyicha* belgilangan foiz stavkalariga yillik 5 (besh) foiz miqdorida chegirma beriladi; Mikromoliya tashkilotining barcha xizmatlari, jumladan kassa operatsiyalari, mijozning oʼziga va u tomondan jalb qilingan yangi mijozga xam navbatsiz amalga oshiriladi; Kassadan mijozning oʼziga va u tomondan jalb qilingan yangi mijozning talabiga asosan yirik nominaldagi naqd pul beriladi; Mijozga, unga xizmat qiluvchi va tashkilot bilan oʼzaro munosabatlarda yuzaga keladigan masalalar boʼyicha yordam beruvchi mikromoliya tashkilotining maʼlum yuqori malakali xodimini biriktirib qoʼyish imkoniyati beriladi; Yigʼilgan ballarni uchinchi shaxslarga hadya etish xuquqi beriladi. |
*- dastur doirasida taqdim etilayotgan imtiyozlar “Аvtokredit”, “Saxovat”, “Tadbirkor” va “Rivoj” kredit maxuslotlariga nisbatan qoʼllanilmaydi
QАNDАY XOLLАRDА MIJOZ OʼZ STАTUSIDАN MАXRUM BOʼLАDI?
⠀
• Kredit boʼyicha toʼlovlar uzluksiz 30 kundan ortiq kechiktirilganda mijozning Statusi bir pogʼona pasaytiriladi va mos ravishda uning ballari kamaytiriladi.
Masalan: “OLTIN” statusga ega mijoz uzluksiz 30 kundan ortiq muddatga kredit boʼyicha toʼlovlarni kechiktirsa:
– uning statusi “OLTIN” statusdan “KUMUSh” statusga pasaytiriladi, va;
– yigʼgan ballaridan 10 000 bal olib tashlanadi.
• Kredit boʼyicha toʼlovlar uzluksiz 60 kundan ortiq kechiktirilganda mijozning barcha yigʼgan ballari bekor qilinadi va u oʼz statusidan maxrum boʼladi